O'zbekiston — taraqqiyot va islohotlar yo'lida

Jamiyatni yemirayotgan xavf. 1-qism.

Jamiyatni yemirayotgan xavf. 1-qism.

   Bugungi kunda jamiyatimizga “Inson huquqlari” niqobida katta xavf kirib keldi.

    Eng achinarlisi, o’zini “Inson huquqlari”ning vakili deb atayotganlar na huquq va xalqaro huquqdan, na siyosat va davlat boshqaruvi tarixidan xabardor. 

Yer yuzidagi millatlar, xalqlarning o’z qadriyatlari, o’zligi bo’ladi.Ularning asrlar davomida yashovchanlining siri ham shunda. “Ommaviy madaniyat”ning to’riga tushmay o’z qadriyatini asrab qolgan davlatlar hali ham yashamoqda.

Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiya yoki Janubiy Korea davlatini tahlil qilsak, u davlatlarda o’quvchilar sinf xonasini tozalashi “majburiy mehnat” hisoblanmaydi, aksincha “qadriyat” sifatida qabul qilinadi.

O’zbek xalqida ham “hashar”nomli qadriyat bor edi.O’zbek xalqida bu “Hashar- elga yarashar” deb ulug’lanardi.Chunki, hashar xalqning jipslashtiradigan, jamoaviylik  ulug’lash otalardan bolalarga o’rnak edi.Hashar yo’li bilan ko’chalar, ariqlar, zovurlar tozalanar edi. Hatto hashar yo’li bilan uylar qad ko’tarilar edi. Chunki hozirgi katta avlod o’z davrida maktabda sinf xonalarini va maktab hududini  jamoa bo’lib tozalab  jamoaviy mehnat qilishni o’rganishgan edi.

Hozirgi yoshlarchi?

“Inson huquqlari” niqobi ostidagi  kuch esa maktab o’quvchilarning hattoki sinf xonasini tozalashini, yoki maktab hududida jismoniy mehnat bilan shug’ullanishini “majburiy mehnat”deb qoraladi va OAV da jar soldi.

Qonunlarning ishlashi yaxshi, albatta, lekin “ommaviy madaniyat”ni singdirish evaziga milliy qadriyatlarni unutdirish mumkin emas. 

So’nggi kunlarda tozalik bo’yicha “Zarbdor 40 kun” loyihasi amalga oshirilishi boshlandi.

Tuman-shahar hokimlari xonadonlarga kirib bordi. Bu ham yana ayrim  o’zini “Inson huquqlari himoyachilari” tomonidan “qonunga zid” deb  jar solindi.

Ayrim jurnalist va tanqidchilar  esa  buni “qashshoqlikka ko’nikish” deb ham atadi.

Ijtimoiy tarmoqda “Zarbdor 40 kun” loyihasi qanchalik kulgi va tanqid ostiga olingan bo’lsa-da real hayotda nafaqat ko’chalar, balki xonadonlar ham tozalana boshladi.

Tozalikni asrash 1-o’ringa chiqdi. Unutilayotgan qadriyatimiz bir bor yodga olindi.

Tozalik insonning ruhiyatini ham poklaydi.Mehnat esa insoni yuksaltiradi.Stressni oladi.Jamoaviy mehnat esa o’zaro do’stlikni mustahkamlaydi, mexr-oqibatni yuksaltiradi.

Shuning uchun O’zbek xalqi azaldan hasharni  qariyat sifatida  qadrlab kelgan.

Shuning uchun ham O’zbek xalqi tozalikni asrab kelgan va “Tozalik bor joyda Baraka bo’ladi” degan tushunchani avlodlarga singdirib kelgan. Hatto xalq orasida “ Ona zamin  “Erta ongda supurib yuzimni ochganni yuzini go’zal qilaman”der ekan”deyishardi.O’quvchilik paytimizda “Yuzimiz go’zal bo’lsin” deb erta tongdan ko’cha supurib suv separdik.  “Mahallada kimning uyi toza, kimning ko’chasi toz shupurilgan!” deb bellashardik.

Keyinchalik esa bu ham yana ayrim  o’zini “Inson huquqlari himoyachilari” tomonidan “hotin-qizlarni majburiy mehnatga jalb qilish, eskilik, ekspulatatsiya” deb ham ataldi.

Xonadonlarga kirib borgan  mansabdorlarni esa “Inson huquqlarini buzganlik”da ayblashdi.Hatto ayrim mansabdor ayblandilar.

1-qismi

 

                                                             Turdiyev Aziza